29 dek 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Makgregor, Xabib va Fergyuson.. issiq yozni kuting!
UFC prezidenti Dana Uayt 2019 yilning yoz fasli juda ham “qaynoq” kelishiga vada berdi.
Uaytning aytishicha, yozda ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ishtirokida jang o'tkaziladi. Raqib esa reytingning kuchli uchligidan joy olgan jangchilar bo'ladi.
“Konor katta ehtimol 2019 yilning yozida qaytadi. Uning qaytishi juda ham vahimali bo'ladi. U Top-3 reytingidan joy olib turgan jangchilarning biri bilan to'qnash keladi.
Qolaversa, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson ham tez orada yana qaytishadi. Maks Xolloueyni ham esdan chiqarmaslik kerak. Oldinda bizni juda ham qiziqarli janglar kutib turibdi”, - dedi UFC prezidenti.
Havola :
Fikrlar