21 dek 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Makgregorning eng katta aybini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt Barstool Sports radiosiga bergan intervyusida Konor Makgregor haqida berilgan savolga ham javob berdi.
Savol ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni hisoblangan Konor bilan ishlashning qiyin jihatlari haqida berilgandi.
“Konor bilan ishlash qiyinchilik tug'diradimi? Ha, bu oson jarayon emas. U hamisha kech qolib yuradi. Fikrimga uning Xabib Nurmagomedov bilan jangi oldidan o'tkazgan oxirgi matbuot anjumani isbot bo'la oladi. Konor eng muhim tadbirga ham kechikib kelgandi. Lekin shu bilan bir qatorda ijobiy xislatlari ham bor. U juda xushchaqchaq yigit”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar