30 mar 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Meksikada UFC turnirlarini o'tkazish imkoniyati haqida gapirdi
UFC rahbari Meksikada turnirlar o'tkazish ehtimoliga to'xtaldi.
UFC rahbari Dana Uayt Meksikada UFC turnirlarini o'tkazish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
"Albatta, biz Meksikaga qaytib, buni amalga oshirishni xohlaymiz, lekin hozir bu rejamizda mavjud emas. Bizda Meksikadan uch nafar chempion bor. Ehtimol, yaqin orada u erga borishimiz kerakdir.
Meksikada ko'plab taniqli shaxslar bor. Men o'zim boksning ashaddiy muxlisiman, men Meksika boks maktabida o'sganman. Meksika jang sanati olamida juda muhim bozor hisoblanadi. Men u erga imkon qadar tezroq borishimizni sabrsizlik bilan kutyapman", - deya Uaytning so'zlaridan iqtibos keltirgan sherdog.com nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar