29 apr 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

"Dana Uayt Ngannu va Fyuri jangini xiyonat sifatida qabul qiladi"
UFC sobiq jangchisi CHeyl Sonnenning fikricha, Dana Uayt Frensis Ngannu va Tayson Fyuri o'rtasidagi jangga salbiy munosabat bildirmoqda.
Avvalroq, ikki sportchi ham ushbu jangni o'tkazish istagini bildirishgan edi.
"Menimcha, Fyuri va Ngannu jangi tashkillishtirilsa, Dana uning hiyonat qilganini sezadi. Albatta, u buni salbiy qabul qiladi. Dana bu haqda hech qachon gapirmaydi. Katta ehtimol bilan, u g'azablanganini yoki unga ahamiyat bermaganligini aytadi. Ammo, u buni xiyonat sifatida qabul qiladi.
Frensis Ngannu Fyurining jangini zalda tomosha qildi. U nima bo'lishini bilardi. Hozirda, Ngannuning Dana bilan kelishuvi bor. Ngannu "Uembli"ga borishini aytdimi? U rinnga ko'tarilishini aytdimi? Ring-anonser Frensisning rinnga chiqishini bilardi", - dedi Sonnen.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar