24 may 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt nima uchun UFC BMF kamarini qaytarganini tushuntirdi
UFC prezidenti Dana Uayt UFC 291 turnirida Jastin Getji va Dastin Pore o'rtasidagi jang g'olibiga beriladigan BMF kamarini nega qaytarganini tushuntirdi.
UFC tomonidan reja qilinganidek, BMF kamari birinchi marta Xorxe Masvidal va Neyt Diaz o'rtasidagi jang oldidan taqdim etilgan.
"Masvidal faoliyatini yakunlagach, biz kamarni qaytarib oldik. Kimlar bu kamar uchun kurashishni xohlashini bilsangiz edi... Buni hamma istaydi, shuning uchun biz bu kamar uchun yana jang tashkil qilamiz. Pore va Getji bunga mos keladi", - dedi Uayt.
Malumot uchun, Pore - Getji jangi 29 iyul kuni UFC 291 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar