So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

27 dek 17:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt sobiq jangchilarning UFC’ga qarshi davosi bo'yicha dalillarni yo'q qilishda gumonlanib, sudga chaqirildi

Teglar :  Dana UaytUFC
UFC rahbari Dana Uayt 2022 yilgacha tashkilot shafeligida jang qilgan Misha Cirkunov tashabbusi bilan sobiq jangchilarning davosi bo'yicha sudda ko'rsatma berishi kerak bo'ladi.

Dastlab sportchilar UFC’ga ikkita davo arizasi bilan murojaat qilib, kompaniyani raqobatchilarni yo'q qilishda va jangchilarga kamroq pul to'lash uchun o'zining monopol mavqeidan foydalanganlikda aybladi. 2010 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan ushbu davolarning birinchisi bo'yicha kelishuv bitimi tuzilgan bo'lib, unga ko'ra UFC davogarlarga 375 million dollar to'lagan.

Ikkinchi davoga kelsak, u 2017 yildan hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, UFC advokatlari uni rad etishni talab qilishdi. CHunki unda ishtirok etayotgan ko'plab jangchilar ligaga guruh davolarini qo'zg'atishni taqiqlovchi bandni o'z ichiga olgan shartnomalarni imzolagan.

Cirkunov tomonidan berilgan uchinchi davo aynan shunday jangchilarni ifodalaydi. Ular, jumladan, guruh bo'lib davo qo'zg'atishni taqiqlash to'g'risidagi bandning yuridik jihatdan o'z-o'zidan haqiqiy emas deb topilishiga erishmoqdalar, chunki u monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga ziddir.

Sud ushbu davoga oid dalillarni yo'q qilishda gumon qilinayotgan Dana Uayt va UFC vice-prezidenti Treysi Longni so'roq qilishni rejalashtirmoqda. Ular 30 dekabr kuni o'z ko'rsatmalarini berishlari taxmin qilinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing