03 fev 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Treshtok uchun jarima to'lash va chetlatish - bu ahmoqlik"
UFC prezidenti Dana Uayt Nevada sport komissiyasining treshtok uchun chetlatish qarorini ahmoqlik va konstituciyaga zid deb atadi.
"Bu ahmoqlik. Eng avvalo, bu konstituciyaga zid. Qonun bo'yicha bunday taqiq qo'yish mumkin emas. Yigitlar oktagonga bir-birini do'pposlash uchun chiqadilar. Ular jang qiladilar, ammo gapirish mumkin emasmi? Bu kulgili.
Gapirgani uchun chetlatish yoki jarima to'latish g'alati", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni Nevada sport komissiyasi UFC 229 dan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklardan so'ng Konor Makgregor, Xabib Nurmagomedov va uning ukasi Abubakarni, sparring-hamkori Zubayra Tuxugov ishini ko'rib chiqdi. Komissiya raisi janglar oldidan amalga oshiriladigan treshtoklardan norozi va bunga qarshi kurashish istagida ekanligini aytgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar