10 iyu 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Trilogiya - UFC tarixida barcha davrlarning eng zo'ri bo'ladi!
UFC prezidenti Dana Uayt og'ir vazn yulduzlari - Stipe Miochich va Daniel Korme o'rtasida bo'ladigan uchinchi jang haqida fikr bildirdi.
“Bu daxshatli jang bo'ladi, og'ir vaznning eng kutilgan bahsi. To'qnashuv g'olibi UFC chempioni bo'lishidan tashqari, barcha davrlarning eng kuchli og'ir vazn jangchisiga ham aylanadi. Ularda eng zo'rini aniqlash uchun ikkita imkoniyat bor edi, ular bittadan g'alaba qozonishdi. Trilogiya - UFC tarixida barcha davrlarning eng zo'ri bo'ladi”, - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, UFC 15 avgust kuni Miochich va Korme o'rtasida uchinchi jangni tashkil qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar