So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

16 sen 14:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt UFC 331 turniri uchun yangi bonusni elon qildi

Teglar :  Dana UaytUFC 331
Kelayotgan dam olish kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turniri ishtirokchilari tashkilot rahbari Dana Uayt tomonidan elon qilingan maxsus bonus uchun kurashadilar.

Liga rahbarining so'zlariga ko'ra, 50 000 dollarlik maxsus bonus UFC`ning televideniyadagi hamkori bo'lgan Paramount platformasida "Gangsterlend" (Tulsa King) serialining ikkinchi mavsumi chiqishi munosabati bilan tasis etildi.

"Paramount bilan shartnoma imzolashimdan ancha oldin, men sizlarga "Gangsterlend"ning katta muxlisi ekanligimni aytganman. Bu televideniyadagi eng yaxshi seriallardan biri va uning ikkinchi mavsumi premerasi shu juma kuni, yani Los-Anjelesdagi UFC 331 turniridan bir kun oldin Paramount+ platformasida bo'lib o'tadi.

SHu sababli, faqat bir oqshom uchun biz oktagonga biroz haqiqiy tartibsizlik (xaos) qo'shamiz. UFC 331 turnirida biz "Haqiqiy xaos" bonusini joriy qilamiz. Mening fikrimcha, uni eng ko'p loyiq bo'lgan jangchi 50 000 dollar mukofot oladi", — dedi Uayt.

Albatta, yangi bonus ananaviy 100 000 dollarlik turnir bonuslarini (to'rt nafar ajralib turgan jangchi uchun) va muddatidan oldin g'alaba qozonganlar uchun beriladigan 25 000 dollarlik bonuslarni bekor qilmaydi. Yani, bu qo'shimcha mukofot puli bo'ladi. 

Avvalroq tashkilot rahbari "Gangsterlend" seriali ijodkorlari britaniyalik top engil vaznli jangchi Peddi Pimblettga rol taklif qilish uchun u bilan bog'langanliklarini aytib o'tgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing