01 iyu 18:24
Yangiliklar
Dana Uayt UFC jangchilari maoshi borasidagi tanqidga keskin javob berdi
"Odamlar bir narsani unutib qo'yapti. Ular bokschi birinchi professional jangini o'tkazganda qancha pul olishini taqqoslashmaydi. Bazi bokschilar bir raund uchun atigi 100 dollar ishlaydi.
Yaqinda "Paramount" bilan tuzgan kelishuvimizni ko'ring. Etti yildan keyin bu qanday ko'rinishda bo'lishini tasavvur qiling. Jangchilar daromadi yildan-yilga o'sib boryapti va biz muvaffaqiyatli bo'lib qolsak, o'sish davom etadi.
Lekin buni NBA (basketboldagi) maoshlar bilan taqqoslash kulgili holat. Masalan, sen uch janglik shartnoma imzolading va biz sen UFC darajasiga mosmisan yoki yo'qmi, tekshirishimiz kerak. SHunday ekan, men seni sinovdan o'tkazish uchun 370 ming dollar to'lashim kerakmi?
Asosiy maoshlar allaqachon oshgan. Savol shundaki, jangchining UFC uchun etarli darajada yaxshi ekanini aniqlash uchun qancha pul to'lashga tayyorsan?" — dedi Uayt.
Fikrlar