06 fev 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt UFC'dagi boshqaruv ishlari bilan shug'ullanmayotganini aytdi
Dunyoning eng kuchli aralash yakkakurash Ligasi prezidenti kecha UFC'ga qarshi sud jarayonida shunday bayonot berdi.
Danadan Xanter Kempbell va uning yuridik bo'limi rahbari sifatidagi dastlabki roli haqida so'raldi. Uayt keyinchalik uni janglarni tashkil etishga yaqinlashtirganini tushuntirdi:
"Asosan, u jang sanoatining butun biznes tomonini boshqaradi", dedi Uayt.
Dana shuningdek, UFC 2016 yilda Endeavor'ga sotilishidan oldin, janglarni o'zi, Lorenco Fertitta, Jo Silva hamda SHon SHelbi tashkil qilib kelganini aytdi.
Janglarni kelishish va yakuniy tasdiqlash bo'yicha jamoaviy qarorlar haqida gapirar ekan, Dana Xanter kelganidan keyin uning shartnoma muzokaralaridagi roli ahamiyatsiz bo'lib qolganini tasdiqladi.

Havola :
Manba : FightSpace
Fikrlar