20 dek 10:40
Yangiliklar
Dana Uayt UFC’ning bozor narxini aytdi
Bu haqda tashkilot rahbari Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda malum qildi.
Ikkalasi ham o'z milliardlari haqida gapirishdi. Tramp Danadan so'radi: "Hozir UFC qancha turadi?" U shunday javob berdi: "Hisob-kitoblarga ko'ra, taxminan 23 milliard dollar", - dedi uchrashuvda ishtirok etgan engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Kayla Xarrison Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Tashkilot oxirgi marta 2016 yilda o'z egasini o'zgartirgan, o'shanda u aka-uka Fertittlarning Zuffa LLC kompaniyasi tomonidan WME-IMG investorlar guruhiga to'rt milliard dollarga sotilgan.
2014 yilda Forbes nashri UFC’ning qiymatini bir yarim milliard dollardan sal ko'proqqa baholagan edi. Liga narxining keskin o'sishi ko'p jihatdan Konor Makgregorning muvaffaqiyatlari bilan bog'liq bo'lib, u MMA mashhurligini yangi bosqichga olib chiqdi. Aralash yakkakurashlar tarixidagi birinchi jangchi bo'ldi, uning rasmiy kafolatlangan gonorari bir million dollarni tashkil etdi.

Fikrlar