02 iyu 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "Uni o'ldirib qo'yishsa kerak, deb o'ylagandim"
UFC rahbari Dana Uayt yarimog'ir vazn toifasi chempioni - braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Aleks Pereyra haqida gapirdi.
"Aleks Pereyra UFC'ga qo'shilayotganda, uni o'ldirib qo'yishsa kerak, deb o'ylagandim. Bu gapim uchun uzr so'rayman. SHunchaki ishonish qiyin edi. U UFC'ga kelganida bunchalik cho'qqiga ko'tarilishiga umuman ishonmaganman.
Sababi, Pereyra kikboksda uzoq vaqt davomida jang qilib, yoshi o'tganida UFC'ga keldi. Men unga bu erda oson bo'lmaydi, deb o'ylagan edim. Pereyrani teykdaunlar bilan qiynashadi, uni bo'g'ib qo'yishsa kerak, deb o'ylaganman. Lekin xato qilganimni tushunib etdim", dedi Uayt.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar