06 mar 13:13
Yangiliklar

Dana Uayt va Turki Al ash-SHeyx boks promousheni tashkil etilganini elon qilishdi
O'zida UFC va WWE ligalarini jamlagan TKO Group kompaniyasi yangi boks promousheni tashkil etish bo'yicha Turki Al ash-SHeyx rahbarlik qilayotgan Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi bilan bir necha yillik shartnoma imzoladi.
Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt va shaxsan Turki Al ash-SHeyxning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida video murojaat tarzida xabar berdi. Dana Uayt va WWE prezidenti Nik Xan promoushen ishlariga bosh-qosh bo'ladi. Ushbu promoushenning ilk musobaqasi 2026 yilda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Hozircha Liganing nomi oshkor qilinmayapti.
"Bizning asosiy vazifamiz muxlislarga ular istagan jangni berish bo'ladi. Kuchlilar bilan kuchlilar jang qiladi. Jangchilar reyting orqali ko'tarilib, keyin jahon chempioni bo'lishadi", — dedi Uayt.
Fikrlar