18 iyu 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Xamzat CHimaevning jangi bekor bo'lganiga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
"Muammo shundaki, unga nima qilganinii haqiqatdan ham bilmaymiz. Men u og'ir holatda yotgan videosini ko'rdim. So'nggi vaqtlarda uni oktagonga olib chiqish qiyin bo'layotgandi, endi esa u kasalxonaga tushib qoldi.
Jangga oz qolganida haqiqatdan ham uning sog'lig'i yomonlashadi. Qancha payt u "xizmat doirasidan tashqarida" bo'ladi, bilmayman. U AQSHda emas, shifokorlarimiz uni ko'rishgani yo'q. U tashqi dunyodan uzilgan, unga bog'lanish va yordam berish qiyin kechmoqda", - dedi Dana Uayt.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar