So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

09 mar 08:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt Xollouey - Oliveyra jangiga munosabat bildirdi

Dunyoning eng kuchli Ligasi rahbari Dana Uayt UFC 326 turnirining asosiy jangi natijasidan hayratda qoldi.

Ammo shuning barobarida CHarlz Oliveyraning BMF chempionlik kamari uchun kechgan jangda Maks Xolloueyni mag'lub etganini tanqid qilganlarning fikriga ham qo'shilmasligini aytdi.

"Men parterdan ko'ra tik holatda ko'proq ishlashini, Maks teykdaunlardan yaxshiroq himoyalanishini, agar uni parterga o'tkazishsa, tezda o'rnidan turishini kutgandim. Lekin bunday kutilmagan burilishlar bo'lib turadi. Zero, har qanday jangdan maqsad - g'alaba!

CHarlz g'alaba qozonish uchun qilinishi kerak bo'lgan barcha ish va chorani amalga oshirdi. Siz Maksdan so'rashingiz kerakdir, lekin mashg'ulot lagerida ular boshqa narsani kutishgan bo'lsa kerak. Agar siz CHarlzning janglarini tomosha qilgan bo'lsangiz, u tik holatda jang qilishdan qo'rqmaydi. Va, shubhasiz, Oliveyra jamoasida haqiqatan ham Maksni parterga o'tkazishsa, hammasi hozirgidek bo'lishiga ishonishgan", - dedi Uayt UFC 326 turniridan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, amerikalikka tegishli BMF kamari o'rtaga qo'yilgan engil vazn toifasidagi ushbu jang to'liq besh raund davom etib, yakunda braziliyalikning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing