So’nggi yangiliklar

18:03Ламин Ямаль ЕЧЛдаги мағлубиятдан сўнг: "Эркак киши сўзида туради" 0 17:42Жавоҳир Синдаров Гукеш билан чемпионлик "жанги" ҳақида гапирди 0 17:21"Фьюрига қарши жанг мен учун чигилёзди машғулот каби бўлади" - Энтони Жошуа 0 17:00Александр Усик Фьюри — Махмудов жангига баҳо берди 0 16:39Дани Ольмо "Атлетико"дан учралган мағлубият ҳақида: "Баҳсли вазиятлар кўп бўлди, биздан ғалабани тортиб олишди" 0 16:18"Ҳеч бўлмаса суратда борман" - Аниш Гири 0 15:57Иржи Прохазка: "Бу менга ғалабани қўлдан чиқаришга сабаб бўлди..." 0 15:36Ҳумоюн Султонов Чин юртидаги турнирда 1/8 финалга чиқди 0 15:15РАСМАН: Осиё Кубоги-2027 қуръа ташлаш маросими санаси ва жойи ўзгарди 0 14:54Усик Фьюри — Жошуа эҳтимолий жанги учун тахмин билдирди 0 14:33Осиё чемпионатининг яккалик баҳсларига қуръа ташланди 0 14:12Жавоҳир ва Бибисара куннинг энг яхшилари бўлишди + ФОТО 0 13:51Маскерано "Интер Майами" бош мураббийи лавозимини тарк этиш сабабини тушунтирди 0 13:30"Мен унинг мухлисиман". Жон Жонс ким билан жанг қилишни исташини айтди 0 13:09Усик Верхувенга қарши жанг ҳақидаги танқидларга кескин жавоб берди 0

15 apr 16:39
Yangiliklar

Futbol

Dani Olmo "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Bahsli vaziyatlar ko'p bo'ldi, bizdan g'alabani tortib olishdi"

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo CHempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechgan bahsdan (2:1, umumiy hisob 2:3) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ispaniyalik futbolchi hakam Kleman Tyurpenning qarorlariga to'xtalib o'tdi.

"Biz natijadan norozimiz, maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. SHunga tayyor edikki, bizga hech kim g'alabani shunchaki sovg'a qilmaydi, aksincha, bor narsamizni ham tortib olishadi. Bu biz uchun katta tajriba bo'ldi. Jamoamiz juda yosh va biz mehnat qilishda davom etamiz.

"Atletiko" yaxshi o'ynadi va o'z pressingi bilan bizga qanday muammo tug'dirishni bilardi. Biz esa bunga biroz kechroq reakciya bildirdik.

O'yinda bahsli vaziyatlar etarlicha bo'ldi — penalti belgilanmagan vaziyat va Erik Garsiyaning chetlatilishi. Garsiya so'nggi umid folini ishlatgan deb topildi, vaholanki Kunde Serlotga yaqin masofada edi.

Ikkinchi yildirki, biz o'xshash tarzda musobaqani tark etmoqdamiz. Lekin loyihamiz muvaffaqiyatli ekani aniq va biz buni isbotladik", — dedi Olmo.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" javob uchrashuvida g'alaba qozonganiga qaramay, ikki o'yin natijasiga ko'ra yarim finalga chiqa olmadi. "Atletiko" esa endi final yo'llanmasi uchun "Arsenal" — "Sporting" juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing