So’nggi yangiliklar

17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:49Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

09 iyu 10:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Daniel Korme Islam Maxachevning asosiy muammosini aytdi

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme engil vazn chempioni Islam Maxachevning asosiy muammosiga to'xtaldi.

Kormening aytishicha, Islam Dastin Porega qarshi o'tkazgan jangi uchun tanqidlarga loyiq emas. Maxachev amerikalik tajribali raqibini beshinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. 

"Islamning muammosi shundaki, u kutish qurboniga aylandi. Muddatidan oldin g'alaba qozonmagan taqdirda ham u raundlar bo'yicha 4-1 hisobida oldinda borayotgandi. Bu kattagina ustunlik. Islam zo'r jang qildi. Maxachev "stoyka"da, yani tik holatda ham xavfli zarba egasi ekanini namoyish eta oldi. O'ylashimcha, u o'z vazifasini yaxshi uddaladi. Lekin yuqorida aytganimdek, u kutish qurboniga aylandi. Har holda u Xabib emas! Xabib barcha janglarida birinchi raqam ostida harakat qilgan. Oktagonda jang uning nazorati ostida kechardi. Hech qachon uni qiyin holatda ko'rmaganman. SHuning uchun, Islamda Xabibning natijasi va janglarini kutish noo'rin", - deya Xtra MMA kanaliga intervyu bergan Korme.

Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC 308 turniri doirasida o'tkazishi kerak. Katta ehtimol bilan uning raqibi reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing