29 dek 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme UFC chempionlik kamaridan voz kechdi
Ikki vazn toifasida UFC chempioni Daniel Korme ixtiyoriy ravishda yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridan voz kechdi.
“Bugun men yarim og'ir vazndagi UFC chempionlik kamarimdan voz kechdim. Men uch yarim yil davomida kamarimni himoya qilib kelayotgandim. Bir narsani to'g'ri tushunishingizni istardim, mendan kamarni olib qo'yishayotgani yo'q. Mening o'zim uni boshqalarga qoldiryapman. Boshimni tik tutgan holatda ketyapman.
2018 yilda men uch marotaba chempionlik kamarimni himoya qildim. CHempionlardan hech kim men kabi faol bo'lmadi. Men yil jangchisiman. Yana takrorlayman, mendan chempionlik kamarini olib qo'yishmayapti”, - dedi Korme espn.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar