29 dek 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Korme Xabib nega yanada katta etirofga loyiq ekanini tushuntirdi
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Xabib Nurmagomedovning hurmati sport doirasidan ancha keng ekaniga ishonch bildirdi.
Amerikalik sobiq sportchining fikricha, Xabibning o'z vatani va mintaqasiga ko'rsatgan tasiri beqiyos.
"Xabib jamoa va mintaqa uchun qilgan ishlari uchun yanada katta etirofga loyiq. Uni ko'pchilik yuqori baholashini bilaman, ammo u jangchilar mintaqasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun unga etarlicha haq berilayapti, deb o'ylamayman. Menimcha, u qilgan ishlari uchun yanada katta etirofga loyiq. Va o'ylaymanki, u o'z yutuqlari bilan butun bir mamlakatning, butun bir mintaqasining yo'nalishini o'zgartira oldi", — dedi Korme.
Havola :
Manba : WEIGHING IN
Fikrlar