10 iyu 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme zerikarli jangda kamarini himoya qildi
Bir necha daqiqa avval aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Daniel Korme o'z unvonini munosib tarzda himoya qildi.
U o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Anderson Silvani mag'lubiyatga uchratdi. Biroz zerikarli o'tgan jang ochkolar hisobiga ko'ra amaldagi chempion foydasiga hal bo'ldi.
Daniel asosan parterdagi harakatlari evaziga qimmatli ochkolarni qo'lga kiritdi. Uchcha hakam ham bir xil 30-26, 30-26, 30-26 hisobida g'alabani Kormega tortiq etishdi.
Havola :
Fikrlar