27 mar 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Dariush nima sababdan Oliveyrani mag'lub etgandan so'ng Maxachevga "vyzov" tashlamasligini aytdi
Amerikalik UFC jangchisi Beneil Dariush amaldagi chempion Islam Maxachevga "vyzov" tashlamasligini tushuntirdi.
"CHarlz Oliveyrani mag'lub etish uchun ko'p ishlayapman. Xo'sh, endi o'zimning shon-shuhratli onlarimni Islam bilan baham ko'rishim kerakmi? Doimo muvaffaqiyatlarimga munosib hissa qo'shgan insonlarga hurmatda bo'lganman.
Boshqalarga "vyzov" tashlayotganda o'zing bilan jang qilayotgandek bo'lasan. Bu erda aynan kim sababli turganimni yaxshi bilaman, shu sababli boshqalarga shon-shuhrat ulashish niyatim yo'q", - dedi Dariush.
Beneilda 8 janglik g'alabali seriya bor. U 6 may kuni UFC 288 turniri doirasida braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar