06 iyu 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Dariush: "Oliveyrani mag'lub etganimdan keyin ham chempionlik jangi berishmasa, janjalni boshlayman"
Beneil Dariush CHarlz Oliveyra bilan jangda g'alaba qozonsa, chempionlik jangini olishi kerak, deb hisoblamoqda.
"UFC rahbarlari tez-tez so'z beradiganlar emas. Mateush Gamrot bilan to'qnashuvdan oldin, ular menga chempionlik jangini berishmaydi, deb o'ylagan edim. SHuning uchun men bu yigitni mag'lub etsam, kamar uchun kurashaman deb so'radim, to'g'rimi? Ular "biz bilmaymiz", deb javob berishdi.
Bu safar UFC bilan gaplashganimda, ular agar CHarlz Oliveyrani mag'lub etsam, asosiy davogarga aylanishimni aytishdi. Ular odatda menga tez-tez qo'ng'iroq qilishmaydi, lekin bu safar bu ishni amalga oshirishdi. Men ularning so'zlariga amal qilaman. Ammo agar kamar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'la olmasam, Jastin Getjining maslahatiga amal qilaman va janjalni boshlayman", - dedi Dariush.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar