21 jan 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore Getji - Pimblett jangi uchun taxmin bildirdi
UFC sobiq jangchisi Dastin Pore hamyurti Jastin Getji hamda britaniyalik Peddi Pimblett o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik jangi haqida fikrlarini bildirdi.
Ushbu jang 25 yanvar kuni o'tkaziladi.
"Qiziqarli jang bo'ladi. Men Jastinning g'alabasini istayman, lekin ko'ramiz. U avval ham 25 daqiqalik janglarda qatnashgan, og'ir to'qnashuvlarni boshdan kechirgan. Menimcha, uni tik turib to'xtatish Peddiga qiyinchilik tug'diradi. SHuningdek, Pimblett uni erga yiqita oladi, deb ham o'ylamayman, demak, Getji bilan urushishga to'g'ri keladi. Peddi 25 daqiqa davomida juda intizomli bo'lishi, masofani saqlashi va zarbalarni aniq tanlashi kerak", — dedi Pore Ariel Xelvani podkastida.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar