19 may 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore - Jastin Getji jangi davogarlik maqomida bo'ladi
Dastin Pore va Jastin Getji o'rtasidagi jang g'olibi engil vaznda UFC chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylanadi.
Bu haqda promoushenning etakchi sharhlovchisi Jon Enik xabar berdi.
"Biz bu masalani hamkasblarimiz bilan muhokama qildik. Hammaning gapi bir joydan chiqdi. Engil vaznda besh raundlik jang. Oqshomning markaziy jangi, davogarlik maqomiga eng munosib to'qnashuv. Bunga hech qanday shubha yo'q", - dedi Enik The Schmo kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Dastin Pore va Jastin Getji o'rtasidagi jang rasman 29 iyul kuni Solt-Leyk-Siti shahrida o'tkaziladigan UFC 291 turnirining markaziy jangi bo'lishini malum qilgandi. G'olib Xorxe Masvidaldan keyin vakant bo'lib qolgan BMF kamarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar