19 avg 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: "Keyingi jangimni Konor Makgregor yoki Neyt Diazga qarshi o'tkazmoqchi emasman"
UFC jangchisi Dastin Pore keyingi jangi bilan bog'liq harakatlar yuzasidan fikr bildirdi.
"Men hech qaysi variantni inkor etmayman. UFC bilan hali muzokara o'tkazmadim. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Mantiqiyroq bo'lgan jangni tanlaymiz. Menga hali beri qo'ng'iroq qilishmagan bo'lsa ham, bu tez orada yuz bersa kerak.
Bir narsa aniq. Men keyingi jangimni Konor Makgregor yoki Neyt Diazga qarshi o'tkazmoqchi emasman. Bu janglar juda foydali va qiziq bo'lsa ham, men qayta va qayta bu ishni qila olmayman. Neyt bilan jang qilishimiz kerak edi. Ammo, u ushbu jang nega bekor bo'lgani haqida rost gapni gapirmadi. Hozir jarohatimni davolayapman. Nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi", -dedi Dastin Pore.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar