29 may 19:55
Yangiliklar
Dastin Pore Makgregor qanday holatda Xolloueyni mag'lub etishi mumkinligini aytdi
Ularning jangi UFC 329 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
"Konor Neyt Dias kabi yomon holatda bo'ladi deb o'ylamayman. Neyt Mayk Perriga qarshi juda yomon jang qilgandi. Konorning zarba kuchi yo'qolmagan. U jarohatdan tiklandi va tabiiy nokaut qilish qobiliyatini saqlab qolgan.
Men uchun asosiy savol — u qanday harakat qiladi, qanchalik atletik bo'ladi va harakatlanishi qanday bo'ladi. Bu savollarga javob topish kerak. Biz uni anchadan beri ko'rmadik.
Agar uning qarshi hujumlari va taymingi avvalgidek bo'lsa, Maksni mag'lub etish imkoniyati bor.
Men Maksni yaxshi ko'raman, lekin faoliyati davomida u atigi uch marta nokdaunga tushgan. Vaqt esa baribir o'z tasirini ko'rsatadi. U hali yosh, ammo juda ko'p zarbalar o'tkazib yuborgan. Konor esa qattiq ura oladi.
Qancha vaqt jang qilmagan bo'lmasin, unda hali ham asosiy qurol — kuch qolgan. Ayrim jangchilarda bu tug'ma bo'ladi", — dedi Pore.
Fikrlar