22 jan 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore Makgregorga o'zi istagan vaznda revansh taklif qildi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore irlandiyalik Konor Magregorga revansh jangi taklif qildi.
Ikki sportchi o'rtasidagi ilk jangda Konor amerikalik raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi. Pore o'sha mag'lubiyat uchun revansh olish istagida. U Makgregorga istalgan vaznda oktagonga chiqishga rozi ekanini malum qildi.
Xabar berganimizdek, Konor yangilangan UFC reytingida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Pore esa ushbu engil vazn reytingining ikkinchi pog'onasidan joy olgan.
"Ikkinchi raqam uchinchisiga qarshi! Konor, kel yana bir bor kuch sinashamiz. Menga farqi yo'q - 155, 165 yoki 170 funt. Vazn toifasini sen tanlaysan. Men tayyorman!", - deya Tvitter sahifasida chorlov haqidagi xabar qoldirgan Pore.
Havola :
Fikrlar