06 iyu 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: Men dunyoni shokka tushiraman!
Bugun AQSHning Las-Vegas shahrida UFCning navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi.
Unda engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore hamda to'laqonli chempion Xabib Nurmagomedov ishtirok etdi.
“Bu jangga navbatdagi qiyin va muhim to'qnashuv sifatida qarashga harakat qilyapman. Maqsadim - AQSHga ikkita chempionlik kamari bilan qaytish. Buyuklar doim jangga chiqib, g'alabaga yo'l topadilar.
SHu sababli, men ham Abu-Dabiga buyuk bo'lish uchun ketmoqdaman. Xabibni mag'lub etishim uchun uni bosimda ushlashim kerak. O'zimga ishonishim hamda jonimni tikishim lozim. SHundagina men g'alaba qozonaman. Bularning barchasi menda bor. 7 sentyabrda o'zgacha narsani ko'rasizlar. Men dunyoni shokka tushiraman”, - dedi Dastin matbuot anjumanida.
Havola :
Fikrlar