07 may 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore qaysi jang uchun oktagonga qaytishi mumkinligini aytdi
Engil vazn toifasida UFC`ning sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Poreni qaytarishi mumkin bo'lgan bitta jang bor.
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi UFC chempionligiga sobiq davogar hamyurti Neyt Diaz bilan jang uchungina qaytishga tayyor ekanini malum qildi.
"Hali ham Neytni kaltaklamoqchiman. U bilan jang qilish uchun qaytishim mumkin. Jangimizning barbod bo'lishiga u sababchi. U yolg'on gapirdi, muxlislar uning tarafini olishdi. Men hech qachon Neyt Diaz bilan jang qilishdan bosh tortmaganman, shunchaki Neytdan boshqa hech kim bilan jang qilishni xohlamaganman", - deya Porening so'zlarini keltiradi talkSPORT portali.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar