28 iyu 08:16
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Davlat Bobonov ham Olimpiadani g'alaba bilan boshladi
O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi Davlat Bobonov Tokio Olimpiadasidagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi.
-90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Olimpiadaning ilk bellashuvida italiyalik Nikolas Mungaiga qarshi bahs olib bordi va vazari bahosi hisobiga raqibini asosiy vaqtning o'zida mag'lubiyatga uchratdi. Bobonovga kelasi bosqichda ukrainalik Kedjau Nabali raqiblik qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar