25 apr 07:01
Yangiliklar
Dzyudo, Fotogalereya
Jizzaxda yana bir zamonaviy yakkakurash zali qad rostladi, dzyudochilarimiz u bilan yaqindan tanishishdi + FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan etibor natijasi o'laroq mamlakatimizda jahon talablariga to'liq javob beruvchi zamonaviy sport majmualari qad rostlamoqda.
Jumladan, Jizzax shahrida ana shunday sport obektlaridan biri - Dzyudo va Kurash mahorat maktabi yangitdan qurilib, foydalanishga topshirishga shay holga keltirildi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov boshchiligida terma jamoamiz dzyudochilari ushbu mahorat maktabida bo'lib, u bilan yaqindan tanishishdi.
O'zbekiston chempionati bellashuvlarini bemalol o'tkazish imkonini beruvchi zal, shinam oshxona va yotoqxona tez orada jizzaxlik yoshlar ixtiyoriga topshiriladi. Majmua bilan tanishar ekan, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To'raboev sport koshonasiga fayz kiritib turgan o'z portretlari oldida esdalik uchun suratga ham tushishdi.

























Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar