12 apr 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

DAZN: Janibek Alimxanuli 2026 yilda Saul Alvares bilan jang qiladi
Prof boksning o'rta vazn toifasida WBO va IBF yo'nalishlari chempioni, qozog'istonlik Janibek Alimxanuli oxir-oqibat o'z maqsadiga erishadigan ko'rinadi.
U anchadan buyon super o'rta vazn toifasi chempioni, meksikalik boks afsonalaridan biri Saul Alvaresni jangga chorlab kelayotgandi.
DAZN nashrining xabar berishicha, bu ehtimoliy bellashuv 2026 yilda bo'lib o'tishi mumkin.
"Kanelo 3 may kuni Uilyam Skullga qarshi ringga chiqadi. G'alaba qozonilgan taqdirda — sentyabr oyida Krouford bilan jang, keyin esa 2026 yilda Alimxanuli bilan ehtimoliy bahs kutib turibdi", deyiladi nashr xabarida.
Janibek 5 aprel kuni o'z yurtida o'tkazilgan boks oqshomi doirasida franciyalik Anauel Ngamissengeni beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar