So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

03 fev 15:14
Yangiliklar

Boks/MMA

De La Xoya Meyvezer bilan revansh rekordini yangilaydi deb hisoblamoqda

Olti vazn toifasida sobiq chempion Oskar De La Xoya Floyd Meyvezer bilan revansh jangini o'tkazishni xohlashini aytdi.

«So'zsiz, Floydni faqat pul qiziqtiradi. Bizning revanshimiz u uchun eng katta jang bo'ladi. Hattoki, Makgregor bilan o'tkazgan jangidan ham ko'ra. Umuman olganda, Logan Pol yoki boshqalar bilan o'tkazgan jangidan ko'ra qiziq bo'ladi. Menimcha, odamlar haqiqiy janglarni ko'rishni xohlaydi. Odamlar afsona afsona bilan, chempion boshqa bir chempion bilan urushishini xohlaydi. Va biz buni amalga oshiramiz. Biz buni butun hayotimiz davomida amalga oshirdik. Odamlar bunday «SHou»lardan charchagan deb aytmaslik kerak, ammo ular haqiqiy janglarni ko'rishni xohlaydi.

Ular ringda haqiqiy afsonani ko'rishni xohlaydi. Floyd Meyvezer, Menni Pakyao va men, biz barchamiz o'n yillab titullar uchun kurashgan haqiqiy afsonalarmiz. Floyd bilan jangimiz juda katta, shunchaki ulug'vor bo'lishini his qilyapman. Bu Floyd Meyvezerni o'ziga jalb qiladi. Ishonchim komilki, Floyd bilan jangim translyaciyasi 5 millionga sotiladi. Texnologiyalarning barchasini hisobga olgan holda, tadbirni yanada ommalashtirishga yordam beradigan juda ko'p narsa bor. Hozir bizda NFT-Meta bor. Butun ijtimoiy media platformasi mavjud. Va bularning barchasi bizning jangimizni nihoyatda ommalashtirishi mumkin», - dedi De La Xoya.

Eslatib o'tamiz, bokschilar birinchi jangini 2007 yilda o'tkazgan va pulli translyaciyalar sotuvi rekord darajada - 2.7 millionni tashkil qilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
03 fev 18:10:59
Uzbekfer
Тенгма тенг жангда одатдагидек Флойдни голиб деб топишганди ушанда.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing