05 dek 14:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24077_220.jpg)
De la Xoyya: "MakGregor xotirjam uxlashi mumkin, men ringga qaytmayman"
Sobiq bokschi, bugungi kunda "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi rahbari hisoblangan Oskar de la Xoyya UFC chempioni Konor MakGregor bilan jang qilish uchun ringga qaytmasligini malum qildi.
Avvalroq, u irlandiyalik sportchiga qarshi ringga chiqib, u bilan boks qoidalari asosida jang qilmoqchi va uni nokautga uchratmoqchi ekanligi haqida aytib o'tgandi.
"Bu ishni juda ham qilgim kelmoqda. Lekin, mening tanam bunga yo'l qo'ymaydi. Men mashg'ulotlarni yaxshi ko'rardim. Zalda uzoq vaqt ishladim. Lekin bilasizmi? Men buni uddalay olmayman, to'g'risi. MakGregor tinch uxlay qolaqolsin", - dedi meksikalik sobiq bokschi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar