14 dek 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24730_220.jpg)
De la Xoyya ringga qaytish fikridan qaytgani yo'q
Oltita vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya ringga qaytish fikridan voz kechgani yo'q.
Avvalroq, Meyvezer ringga qaytish uchun uni misol keltirgani uchun keskin javob qaytargandi.
"Men qaytish haqida jiddiy o'ylayapman. Mashg'ulotlar o'tkazyapman. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Bu nima uchundir Meyvezerga yoqmayapti. Ammo, men o'zimni juda yaxshi his qilyapman.
Men haliyam ringga qaytishga tayyor ekanligimni aytmoqchiman. Men Meyvezerga qarshi jang qilmayman. CHunki, u haqiqiy bokschilar bilan jang qilishni istamaydi", - dedi sobiq bokschi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar