So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

24 apr 15:51
Yangiliklar

Tokio-2020

Delegaciyamizdan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga nechta yo'llanma kutilmoqda?

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Bu haqida “Tokioga 90 kun” mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati batafsil javob berdi.

23 aprel, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida start oladigan XXXII Olimpiya o'yinlari boshlanishiga roppa-rosa 90 kun qoldi. O'zbekiston MOQda ushbu sana yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov va OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida sportchilarimizning hozirgi kunda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga qo'lga kiritgan yo'llanmalari, Olimpiadaga tayyorgarlik rejalari va boshqa bir qator masalalar bo'yicha atroflicha savol-javoblar bo'lib o'tdi. Tadbirni Ravshan Irmatov ochib berdi.


“Barchamiz kutayotgan Olimpiada boshlanishiga ham 3 oy qoldi. Hozirda O'zbekiston MOQ Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda bo'lajak musobaqaga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Prezidentimizning etibori va qo'llab-quvvatlashlari sabab tayyorgarlik jarayoni bilan bog'liq barcha masalalarimiz ijobiy hal etilgan”, – dedi MOQ raisining birinchi o'rinbosari.

Tadbir davomida SHerzod Tashmatov terma jamoalarimizning Olimpiadaga olib borayotgan tayyorgarligi, yo'llanma olishi kutilayotgan sport turlari haqida gapirib o'tdi.


“Bizning hisob-kitob bo'yicha Olimpiya o'yinlariga 73, Paralimpiya o'yinlariga esa 50 ga yaqin yo'llanma ko'zlangan. Hozir barcha terma jamoalarimiz psixolog, dietolog, xorijlik mutaxassis bilan to'liq taminlandi. Atletlarimizning salomatligini saqlash bo'yicha Qo'mitamiz qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan barcha zarur choralarni ko'rganmiz. Ularning o'z vaqtida uxlashlaridan tortib, vaqtida mashg'ulot olib borishlarigacha hisob-kitob qilingan. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda”, – dedi SHerzod Tashmatov.

O'z o'rnida MOQ Bosh kotibi Olimpiadaning qoldirilishi bo'yicha tarqalayotgan mish-mishlar, vakcinaciya bo'yicha quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Biz Xalqaro Olimpiya qo'mitasi vakillari bilan tez-tez bog'lanib turamiz. Hozirda XOQ va Yaponiya tomoni nima bo'lganda ham Olimpiadani o'tkazish niyatida. To'g'ri, bunda muxlislarning Yaponiyaga tashrifi taqiqlangan. Qolaversa, ishtirokchi delegatlardan keladigan rasmiylar ham qisqartiriladi. Vakcinaciya borasida shu bugungi holat bo'yicha qatiy talab yo'q. Yaponiya hukumati sportchilarning o'z yurtida davlat tomonidan tasdiqlangan vakcina asosida emlanishi mumkinligini takidlagan. Tokioga parvozlar to'xtatilgani bois hozirda “O'zbekiston havo yo'llari” aviakompaniyasi bilan musobaqadagi ishtirokiga qarab har bir terma jamoalarimiz uchun alohida charter reyslar tashkil etish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda”.

SHuningdek, MOQ raisining o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov dzyudochilarimizning tayyorgarligi borasida malumot berdi.

“Uzoq muddat pandemiya bo'lgani bois Xalqaro dzyudo federaciyasi restartdan so'ng musobaqalar taqvimini tig'iz va ularning nufuzini kamida “Katta dubulg'a” turniriga tenglashtirib berdi. Qo'shimchasiga ciklni jahon chempionati yopib beradi. Bu terma jamoalarga kerakli reyting ochkolarini jamg'arib olishlari uchun yaratilgan imkoniyat. Biz ham bundan maksimal foydalanishga harakat qilyapmiz. Hozir jamoamiz Gruziya yig'inida. Olimpiadagacha bizda 2 ta musobaqa Qozon “Katta dubulg'a” turniri va Budapeshtdagi JCH qoldi”, – dedi A.Kamilov.

Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan boshqa mavzular bo'yicha savollariga javob olishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing