27 mar 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Della Maddalena Maxachev bilan jangda yo'l qo'ygan asosiy xatosi qanday bo'lganini aytdi
Sobiq chempion Jek Della Maddalena UFC 322 turnirida Islam Maxachevga qarshi jangdagi asosiy xatosini aytdi.
"Men himoya haqida haddan tashqari ko'p o'yladim — zarba o'tkazib yubormaslik haqida, hujum qilish haqida emas. Hatto parterda bo'lganimda ham bazi paytlar hujum qildim, keyin turib ketdim, lekin o'sha vaqtda raund tugab qolardi. SHuning uchun jang davomida asosan himoya haqida o'yladim, u esa ko'proq hujum qildi — bu mening asosiy xatom bo'ldi. Unga munosib baho berish kerak, Islam o'zini eng yaxshi tomondan ko'rsatdi. Albatta, bu borada ishlashim kerak, shuning uchun yana zalga qaytdim", — dedi u ESPNga.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar