So’nggi yangiliklar

16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:10Шон О’Мэлли Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига изоҳ берди 0 12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0

06 jan 12:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Demetrius Jonson: UFC - bu sport emas!

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Demetrius Jonson dunyoning eng kuchli ligasini keskin tanqid ostiga oldi.

Uning aytishicha, chempionlik kamarlariga davogarlarni aniqlashda amal qiladigan tamoyillarni sport tamoyillari deb bo'lmaydi. Yani, jangchilar ularning so'nggi yutuqlari nuqtai nazaridan emas, balki shouning tijoriy muvaffaqiyati tomonidan ko'rib chiqiladi.

Misol tariqasida Jonson yarim engil vazn toifasida amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o'rtasida kechadigan chempionlik jangiga to'xtalib o'tdi. 2025 yil aprel oyida Volkanovski Lopesni mag'lub etdi, shundan so'ng u faqat bitta jang o'tkazib, Jan Silvani engdi. 

Lopesga bir yil ichida ikkinchi chempionlik imkoniyatini berib, UFC bosslari 2020 yildan beri ketma-ket to'qqizta g'alaba bilan tashkilotda ketayotgan mag'lubiyatsiz Leon Merfini "esdan chiqarishdi".

"Matchmeykerlarning fikrlash tarzini tushunishga harakat qilyapman, — dedi Jonson o'z podkasti efirida. — Bu aralash yakkakurashlar haqiqiy sport turi hisoblanadimi, degan savol... Menimcha, Aleks Volkanovski birinchi jangda juda ishonchli g'alaba qozondi. Keyin Diego Lopes bir raqibdan ikkinchisiga ustunlik o'tgan jangda Jan Silvani mag'lub etdi. Bir g'alaba va u yana chempionlik uchun jangni qo'lga kiritdi.

Bunga Lopesning mashhurligi va ko'p chipta sotishi sabab bo'ldimikin? Bilmadim. Ammo tanlashda qaysi omil hisobga olinadi: kim mashhurroq yoki kim yaxshiroq? Mana shu erda bu haqiqiy sportmi, degan savol tug'iladi. Va men o'ylamasdan aytamanki, bu sport emas. Bu malum bir bozorga kirishga imkon beradigan sportchilar ilgari suriladigan ixtiyoriy tanlovdir".

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o'rtasidagi ikkinchi jang 1 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida bo'lib o'tadigan UFC 325 turnirining asosiy jangiga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing