23 mar 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Den Xardi: "Pyotr Yanga sekundantlar kerak emas"
Yarimo'rta vaznda UFC chempionligiga sobiq davogar Den Xardi Pyotr Yanning Aljemeyn Sterlingga qarshi sekundantlarsiz jang qilishi rossiyalik uchun katta muammo bo'lmasligini aytdi.
"Unga sekundantlar kerak bo'ladi deb o'ylamayman. Bu yigit shunchalar sovuqqonki, bir shisha suv va muz bilan oktagonga o'zi chiqa oladi va unda hammasi joyida bo'ladi — unga ko'rsatmalar kerak emas".
SHuningdek, Xardi rossiyalikning jangda g'alaba qozonib, engil vazndagi chempionlik kamarini qaytib olishiga ishonchi komilligini ham qo'shimcha qildi.
"Pyort Yan yana kamarli bo'ladi. Bu Aljemeyn Sterling uchun juda qiyin jang. Aslini olganda, Sterling birinchi jangda hech narsani isbotlay olmagan, boshidan taqiqlangan zarbani o'tkazib yuborib, uning kamariga ega chiqqandi. Pyotr Yan bilan revansh jangida u titulni boy berish ehtimoli yuqori", - deya takidlagan britaniyalik jangchi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar