30 iyu 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Dena Uayt: Jang g'olibi UFC tarixiga kiradi
UFC prezidenti Dena Uayt og'ir vazn toifasida UFC chempioni Stipe Miochich hamda sobiq jahon chempioni Daniel Korme o'rtasidagi uchinchi jang haqida fikr bildirdi.
"Hozirda har ikkisi ham tarixdagi eng buyuk og'ir vazn jangchisi bo'lishga davogar. Trilogiyada kim g'alaba qozonsa, o'sha tarixdagi eng kuchlisi bo'ladi va UFC tarixiga kiradi", - dedi Dena.
Eslatib o'tamiz, Miochich va Korme o'rtasidagi uchinchi jang 15 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar