05 avg 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Dena Uayt Mayk Taysonning mashg'ulotlarini kuzatmoqchi
UFC prezidenti Dena Uayt Mayk Taysonning mashg'ulotlariga bormoqchi.
"Kelasi hafta Maykning oldiga borib, mashg'ulotlarini tomosha qilaman. U meni hayratlantirmoqda. O'zining aytishicha, u yonmoqda va jang qilish istagida. Roy Jons ham ushbu jangni istaydi. Ular katta yigitlar va bu borada ularni 100 foiz qo'llab-quvvatlayman", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Roy Jons va Mayk Tayson o'rtasidagi jang 12 sentyabr kuni tashkil etiladi.
Bu Mayk uchun 2005 yildan buyon dastlabki jang bo'ladi. Roy Jons esa so'nggi marotaba 2018 yilda ringga ko'tarilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar