16 fev 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder faoliyatini yakunlashi mumkin
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder faoliyatini davom ettirish borasida hali bir qarorga kelmaganini tan oldi.
“Men hozir "ayauaska" ichishni o'ylayapman. Bu sportdagi kelajagimni hal qilshga yordam beradi. Oldin ham aytganman, boks menga qattiq zarba berdi. Siyosat, firibgarlik va xakamlar.
Men go'yoki homiylar, hakamlar va jangchilarga qarshi kurashganman. Boksda firibgarlar ko'p. SHuning uchin ham men "ayauaska" ichish maqsadida sayohatga chiqmoqchiman.
Ko'p qabilalarda odamlar o'z farzandlariga buni ichishga ruxsat berishadi. Aytishlaricha, shu yo'l bilan ular qo'rquvni engishadi. SHu sababdan men xam shu ishni qilmoqchiman”, - dedi Uaylder
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar