04 may 08:48
Yangiliklar
Deontey Uaylder hibsga olinganidan keyin ilk bor bayonot berdi
Vringe.com nashrining yozishicha, Rolls Royce avtomobilini tintuv qilish chog'ida marixuana moddasi va noqonuniy 9 millimetrli to'pponcha bilan hibsga olingan amerikalik bokschi bundan aslo pushaymon emas.
Pancher bir necha soatni vaqtinchalik hibsxonada o'tkazgan, shundan so'ng u hotirjamlik bilan garov evaziga ozod etilgan. Bokschi Twitter'dagi sahifasiga quyidagicha post yozib qoldirdi:
“Afsuslanishdan ko'ra xavfsiz bo'lishni afzal ko'raman. Bo'ldi", - degan Uaylder.
Eslatib o'tamiz, yo'l patrul xodimlari sobiq chempionni aslida oynalarni noqonuniy qoraytirgani uchun to'xtatishgan. Keyin esa tintuv vaqtida noqonuniy qurol topilgan. SHuningdek, o'sha vaqtda uning mashinasida narkotik moddalar ham borligi aniqlangan.
Fikrlar