15 okt 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder mag'lubiyati haqida: "O'zimni bu sportdagi haqiyiy jangchi va qirol ekanimni isbotladim"
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder Tayson Fyuriga qarshi mag'lubiyatidan so'ng, o'z "instagram" sahifasida post qoldirdi.
"Qanday kecha! Eng avvalo, barchasi uchun yaratganga shukur aytaman. Meni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarim, jamoamga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Hafsalam pir bo'lmadi desam, yolg'on bo'ladi. Ha, men mag'lub bo'ldim. Bir faylasuf aytganidek, g'alaba - bu anglab etish. O'zimni bu sportdagi haqiyiy jangchi va qirol ekanimni isbotladim deb o'ylayman. Tayson Fyurini esa tarixiy g'alaba bilan tabriklayman", -deydi Deontey Uaylder.
Havola :
Fikrlar