09 noy 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22296_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Men eng zo'riman, etirozi borlar isbotlasin!”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder ayni paytda ushbu vaznda eng kuchli bokschi bo'lib turgani va bunga etiroz bildiradiganlar chiqsa, jang qilishga tayyorligini malum qildi.
Amerikalik jahon chempioni ikki yo'lanishda chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshua bilan Angliyada jang o'tkazishga ham rozilik bergan.
“Joshuadan ko'ra uning promouteri Eddi Xirn mendan
qo'rqadi. U birlashtiruvchi chempionlik jangida mijozi mag'lubiyatga uchrashidan
xavfsiraydi. Agar chindan ham meni o'zidan kuchsiz deb biladiganlar bo'lsa, marhamat,
men ularning taklifini kutaman. Hozircha bu ligada eng kuchlisi menman!”, - dedi
Uaylder.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar