12 noy 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22520_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Menga Joshuaning boshi kerak”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder birlashtiruvchi chempionlik jangida britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga chiqish ishqida yonmoqda.
Ikki bokschining promouterlari ushbu jangni o'tkazish bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazishdi. Ikkala bokschi ham jang uchun o'z roziliklarini berishgan.
“Alabama shtatidan bo'lgan amerikalik qirolga Joshuaning
boshi kerak. Entonining muxlislari menga avval Uaytni mag'lub et, deb shart
qo'yishyapti. Kerak bo'lsa, men avval Uaytni, keyin Joshuaning o'zini ham nokautga
uchrataman”, - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar