01 apr 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: "Oldinda bizni yorqin kelajak kutmoqda"
Sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder agar imkoniyat bo'lsa, ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang qilish istagi borligini aytdi.
"Agar tanlash imkoniyati bo'lganida Usikni tanlagan bo'lardim. Hammasi oddiy, chunki u chempion. Agar imkoniyat bo'lsa, uning barcha kamarlari uchun jang qilgan bo'lardim. Lekin, menda boshqa variantlar bor. Ular bilan ajoyib janglarni tashkil qilish mumkin. Oldinda bizni yorqin kelajak kutmoqda", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder Aleksandr Usik bilan jang qilish ehtimoli borligini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar