30 noy 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: Qora tanli bo'lish aybmi?
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder hamon irqchilik munosabatlari saqlanib qolayotganini aytdi.
“Qora tanli bo'lish aybmi? SHu narsani umuman tushunmayman. Nima uchun qora tanli insonlarni kamsitish holatlari hali hanuz saqlanib qolyapti. Axir biz yigirma birinchi asrda yashayapmizku! O'ylaymanki, vaqti kelib hammasi o'zgaradi. Men muhabbat, tinchlik va aynan o'zgarishlar uchun kurashyapman, ringga chiqyapman”, - dedi Uaylder o'zining Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, bizning vaqt bilan yakshanba kuni tong saharda Deontey Uaylder AQSHning Nyu-York shahrida sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Uaylder ushbu jang uchun 14, Tayson esa 10 million dollar gonorar oladi.
Havola :
Fikrlar