22 iyu 21:36
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/487_220.jpg)
Deontey Uaylder va Kris Arreola yuzma-yuz kelishdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder bo'lajak raqibi bilan yuzma-yuz to'qnashdi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Uaylder chempionlik himoya jangini Kris Arreolaga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang oldidan bokschilar o'zaro to'qnash kelishdi hamda matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder – Arreola jangi 16 iyul kuni AQSHning Alabama shtati Birmingem shahridagi Legacy Arena saroyida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar